
“Manchester Siti” himoyachisini katalon klubiga ijaraga berdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Duglas Luisni Ispaniyaning “Jirona” klubiga ijaraga berdi.
19 yoshli futbolchi ushbu yozda Braziliyaning “Vask Da Gama” klubidan “shaharliklar” safiga kelib qo‘shilgan edi.
Duglas Luis Braziliya yoshlar termasi futbolchisi sanaladi. U 2017 yil Ekvadorda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etdi.
Fikrlar