
Manchini: Florentsi Italiya termasini tark etadi, chunki...
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Frantsiyaga qarshi (1:3) kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan keyin milliy terma va “Roma” yarim himoyaichisi Alessandro Florentsi terma jamoa ixtiyorini tark etishi haqida ma’lum qildi.
Italiyalik 27 yoshli futbolchi yaqin kunlarda farzandli bo‘lishi munosabati bilan shunday qarorga kelindi.
“Alessandro mashg‘ulotlar lagerini tark etadi, chunki uning ikkinchi qizi dunyoga kelish arafasida. Aynan shu tufayli Florentsinini uyiga qo‘yib yuborishga qaror qildik”, – deb Manchini so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar