
Mane: Salax mendan tezkorroq
“Liverpul” klubi hujumchisi Sadio Mane tezlik bobida misrlik jamoadoshi Muhammad Salaxga tenglasha olmasligini tan oldi.
“U mendan tezkorrroq deb o‘ylayman. U shu paytgacha men bilan tezlik bobida bellashib ko‘rishga harakat qilmadi. Lekin, u ham juda tezkor. Unda ajoyib tezliq bor va u jamoaga ko‘p narsa berishi mumkin. O‘z navbatida biz ham unga yanada ko‘proq gol urishiga yordam berishimiz kerak.
Salax bizning jamoada o‘ynayotganidan judayam xursandman. Bu kabi futbolchilar bilan birga to‘p surish ancha oson”, - deydi Mane.
Ma’lumot uchun, Mane joriy mavsum jami 17ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Salax hisobida esa 25ta uchrashuvdan so‘ng 19ta gol hamda 6ta golli uzatma mavjud.
Fikrlar