Manjukich: Nima qilganimizni haligacha anglab etmayapmiz
Kecha Angliyaga (2:1) qarshi bahsda g‘alaba to‘pini kiritib Xorvatiyaga final yo‘llanmasini taqdim etgan hujumchi Mario Manjukich uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu mo‘jiza. Biz nima ish qilganimizni haliyam anglab etmayapmiz. Faqat buyuk jamoalargina bunday musobaqada butun yuragi va borlig‘ini berib o‘ynaydi. Siz buni ko‘rdingiz a? Menimcha hozir butun Xorvatiyada bayram bo‘lsa kerak. Biz turnirdagi eng katta bosimni Rossiya va Daniyaga qarshi o‘yinda his qildik. Endi esa futboldan zavq olyapmiz”, - deydi Manjukich.
Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya endi finalda Frantsiya terma jamoasiga qarshi to‘p suradi. Ushbu bahs 15 iyul kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar