Manjukich xorvatiyalik muxlislarni mehmon qildi
Xorvatiya terma jamoasi forvardi Mario Manjukich o‘zi tug‘ilib o‘sgan Slavoski Brod shahridagi futbol muxlislarini pivo bilan siyladi.
Radio Slavonia tarqatgan xabarga ko‘ra Manjukich Rossiyaga qarshi chorak final bahsini tomosha qilish uchun yig‘ilgan muxlislar iste’mol qilgan pivo uchun o‘z hisobidan taxminan 3 ming evro to‘lagan.
Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya yarim finalda Angliyaga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv esa 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikrlar