Marko Asensio: Krishtianu endi oramizda yo‘q, lekin bizda ajoyib jamoa bor
"Real" vingeri Marko Asensio Krishtianu Ronaldusiz ham Madridda ajoyib jamoa mavjud ekanligini aytib o‘tdi.
“Krishtianu endi oramizda yo‘q, lekin bizda ajoyib jamoa bor. Biz mashg‘ulotlarda yaxshi shug‘ullanyapmiz. Yakshanba kuni biz bunga amin bo‘ldik”, - deydi Asensio.
Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi” kecha so‘nggi 9 yilda ilk bor Ronaldusiz mavsumni boshladi va “Xetafe”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar