Marselo: Xatolarimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik

Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo UEFA Superkubogi doirasida "Atletiko"dan mag‘lubiyatga uchraganligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Bir jamoa bo‘lib harakatlanganimiz, to‘pni nazorat qilganimiz meni quvontiradi. E’tiborimizni yaxshi narsalarga qaratishimiz lozim.

O‘tgan uchrashuvda biz mag‘lubiyatga uchradik va bunday xatoni qaytarmaslikka harakat qilishimiz darkor. Noaniq harakatlarimiz tufayli finalda imoniyatni boy berdik. "Atletiko" kamroq xatolar qildi va ular g‘alabaga munosib, - deya Marseloning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!