Marselo semirgani tufayli asosiy tarkibdan mahrum bo‘ldi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Santyago Solari ortiqcha vazn to‘plagan Marseloni asosiy tarkibdan mahrum qildi, deya ma’lum qilmoqda Onda Cero.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi 6 kilogrammga semirdi. Shu sababli braziliyalik himoyachi “Sevilya”ga qarshi (2:0) bahsda maydonga tushmadi.

Joriy mavsumda Marselo La Liganing 11 o‘yinda 2 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi. Avvalroq “Yuventus” Marseloga qiziqqani haqida ma’lum qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!