Marsyal o‘zining futboldagi kumirlari kimlarligini aytdi

  • 27 noyabr, 2018, 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Antoni Marsyal o‘zining futboldagi kumirlari haqida gapirdi.

Tecno

“Men hamisha ingliz futboliga qiziqib kelganman. Masalan, "Manchester Yunayted"ni  Patris Evra to‘p surgani uchun kuzatganman. "Arsenal" o‘yinlarini esa  Terri Anri va Lez-Yulis uchun tomosha qilganman. Shuningdek, Zinedin Zidan ham mening kumirlarimdan biri bo‘lgan. Ular eng zo‘rlari edi.

Men hamisha hujumchilarga va o‘ninchi raqam egalariga qiziqib kelganman. Menga yana Nikolya Anelka ham yoqardi. U juda ham tezkor va yuqori texnikali futbolchi edi.

Men Ronaldino va Ronaldoni juda ham yoqtirganman. Ular haqiqiy sexrgarlar edi. Shubhasiz, mening yoshimdagi har qanday yigit xuddi shunday degan bo‘lardi. Men ular ishtirokidagi o‘yinlarini internet orqali ko‘rib, ularning harakatlarini o‘zim qaytarishga harakat qilardim. Men buni maydonga chiqishdan oldin qilardim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!