"Mash’al" 4 noyabrda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Muborakning "Mash’al" jamoasi Oliy liganing 26-turini Muborakda "Nasaf"ga qarshi o‘tkazib 1-2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Jamoa Oliy liganing 27- turini safarda Toshkent shahrining "Obod" jamoasi bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Ammo “Obod” jamoasi O‘FF ning qaroriga muvofiq Oliy ligadan chetlashtirilgan edi. Shu sababli, “Mash’al” jamoasiga ushbu turda texnik g‘alaba yoziladi.
“Gazchilar” 4 noyabr kuni nazorat bahsi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Muborakliklar ayni kunlarda ushbu bahsga hozirlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 14 noyabr kuni BAA termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi munosabati bilan 28-tur doirasidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar sanasi o‘zgardi.
Jumladan, “Mash’al” - “Qizilqum” uchrashuvi 16 noyabrdan 8 noyabrga,
“Dinamo”– “Neftchi” uchrashuvi 16 noyabrdan 8 noyabrga,
“Navbahor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi 16 noyabrdan 8 noyabrga,
“Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuvi 16 noyabrdan 8 noyabrga,
“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi 17 noyabrdan 9 noyabrga,
“Sho‘rtan” – “Nasaf” uchrashuvi 17 noyabrdan 9 noyabrga,
“Paxtakor” – “Olmaliq” uchrashuvi 17 noyabrdan 9 noyabrga ko‘chirildi.
" Mash’al " - "Qizilqum" bahsi esa 8 noyabr kuni Muborakda B. Vafoev nomli o‘yingohda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar