
“Mash’al” makedoniyalik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi
Muborakning “Mash’al” klubi o‘z safiga yangi futbolchi qo‘shishda davom etadi. Bir necha daqiqa oldin “gazchilar” O‘zbekiston U-19 terma jamoasi a’zosi bilan ikki yillik shartnoma imzolashgani borasida xabar berib o‘tgandik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Aleksandr Xomyakov jamoasiga yana bir xorijlik o‘yinchi kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Ayni paytda muborakliklar makedoniyalik himoyachi Xelil Asani bilan og‘zaki kelishuvga erishishgan.
Fikrlar