“Mash’al” yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi
Muborakning “Mash’al“ klubi yangi ham qolgan jamoalar singari mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda.
Bizga ma’lum bo‘lishicha "gazchilar" o‘z safiga bir qator futbolchilarni qo‘shib olishdi. Jumladan, Qarshining “Nasaf “ klubidan 1997-yilda tavallud topgan Samandar Shukrullaev, 1998-yilda tavallud topgan Ma’ruf Jumaev va 1999-yilda tavallud topgan Elbek Otaqulovlar "Mash’al" bilan uch yillik shartnoma imzolashdi. Har uchala futbolchilar “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchilari hisoblanishdi.

Fikrlar