
Matyuidi: Bu men uchun so‘nggi jahon chempionati
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Blez Matyuidi bugun bo‘lib o‘tadigan Xorvatiyaga qarshi JCh-2018 finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jahon chempionati finalida o‘ynashni bolaligimdan orzu qilaman. Kubokni ushash uchun juda yaqinmiz. Bu biz uchun hayot-mamot o‘yini. Barcha bunday holatga tushishni istaydi. Shunday ekan biz bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, jahon kubogini qo‘lga kiritishimiz lozim.
Men asosiy tarkib futbolchilaridan biri hisoblanaman va shu bois terma jamoadan ketishni istamayman. Ha, yoshlar etishib chiqyapti va bu men uchun so‘nggi jahon chempionati. Shu sabab bu finalda g‘alaba qozonamizmi yoki yo‘q, buni aytish qiyin. Lekin katta ehtimol bilan finalda o‘ynasam kerak. Bunga esa ishonishim judayam qiyin. Men buni butun umr eslab qolaman”, - deydi Matyuidi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya – Xorvatiya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar