Mauritsio Sarri: "Arsenal" EChL yo‘llanmasi uchun kurashadi

  • 18.08.2018 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bugun bo‘lib o‘tadigan "Arsenal"ga qarshi bahs oldidan "kanonirlar" haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Arsenal"ning ilk turdagi mag‘lubiyati? "Manchester Siti" bilan o‘ynash hammaga qiyin. Emeri - ajoyib murabbiy. U 3 marta Evropa ligasida g‘olib chiqqan, PSJ bilan Frantsiya chempioni bo‘ldi. Bu mavsum "Arsenal" kuchli raqobat hosil qiladi deb o‘ylayman. Ular Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi", - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" - "Arsenal" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!