
Medel “Inter”dan ketib, Argentinaga yo‘l olishi mumkin
Milanning “Inter” klubi himoyachisi Gari Medel sobiq jamoasi hisoblangan “Boka Xuniors” safiga qaytishi mumkin. Fox Sports Chile nashrining ma’lum qilishicha 29 yoshli futbolchi ushbu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “Inter”ning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti chililik futbolchini o‘z rejalariga kiritmayapti va shu sababli ham Medel jamoasini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Gari 2009-2011 yillarda aynan “Boka Xuniors” jamoasida to‘p surgan. U yakunlangan mavsum “Inter” safida jami 31ta uchrashuvda maydonga tushdi. Medelning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar