
Mehribon Klopp: “Liverpul” autsayderlarga ochko berishda davom etmoqda
Angliya chempionati 24-turida “Liverpul” jamoasi safarda “Xall Siti” mehmoni bo‘ldi. Mazkur o‘yinda mersisaydliklar kutilmaganda autsayder jamoaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning 44-daqiqasida Ndaiye hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada Nyasse hisobni oshirdi. O‘yinda boshqa gollar kiritilmadi.
Shu tariqa, Yurgen Klopp jamoasi kuchsiz hisoblangan jamoalarga ochko berishda davom etmoqda.
Xall – Liverpul 2:0
Gollar: 1:0 – 44 Ndiaye, 2:0 – 84 Nyasse.
Xall – Yakupovich, Ranokkiya, Maguayr, Robertson, Elabdellaui, Ndiaye, Evandro (Taymon, 62), Klukas, Xaddlstoun, Grositski (Meyler, 80), Ernandes (Nyasse, 65).
Liverpul – Minole, Milner (Moreno, 83), Matip, Klayn, Koutino, Lallana (Origi, 83), Firmino, Jan (Starrij, 67), Mane, Leyva, Xenderson.
Ogohlagtirishlar: Maguayr (27), Milner (40), Taymon (74).
Fikrlar