
Meksika ham Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadigan tarkibini e’lon qildi
KONKAKAF Oltin kubogining amaldagi g‘olibi bo‘lgan Meksika terma jamoasi ham shu yilning 17 iyundan 2 iyulga qadar Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadigan futbolchilar nomini e’lon qildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Meksika terma jamoasining Konfederatsiyalar kubogi–2017 da ishtirok etadigan tarkibi
Darvozabonlar: Gilermo Ochoa («Granada», Ispaniya), Alfredo Talavera («Deportivo Toluka»), Rodolfo Kota («Chivas Gvadalaxara»).
Himoyachilar: Nestor Arauxo («Santos Laguna»), Karlos Salsedo («Fiorentina», Italiya), Rafael Markes, Luis Rikardo Reyes Moreno (har ikkalasi — «Atlas»), Diego Reyes («Espanol», Ispaniya), Ektor Moreno («Bayer-04», Germaniya), Osvaldo Alanis («Gvadalaxara»).
Yarim himoyachilar: Xonatan dos Santos («Vilyarreal», Ispaniya), Migel Layun, Xesus Korona, Ektor Errera (har ikkalasi — «Portu», Portugaliya), Djovani dos Santos («Los-Andjeles Gelaksi», AQSh), Karlos Vela («Real Sosedad», Ispaniya), Andres Guardado (PSV, Gollandiya), Xaver Akino («Tigres»).
Hujumchilar: Marko Fabian («Ayntraxt», Germaniya), Raul Ximenes («Benfika», Portugaliya), Xaver Ernandes («Bayer», Germaniya), Oribe Peralta («Amerika»), Irvin Losana («Pachuka»).
Avvalroq, Kamerun, Germaniya, Chili, Rossiya xamda Avstraliya termalarining Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadigan tarkiblari ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar