Menni Pakyao engilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi
Yarim o‘rta vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi filippinlik Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini 2 iyul kuni avstraliyalik Jeff Xornga qarshi o‘tkazadi.
Jang “yashil qit’a”ning Brisben shahrida tashkil etiladi. Avvalroq Pakyaoning o‘zi 23 aprel kuni britaniyalik Amir Xan bilan BAAda uchrashishni istayotganini ma’lum qilgan edi. Mart oyida esa bu jang tashkil qilinmasligi ma’lum bo‘ldi.

Pakyao professional ringda 59 g‘alaba (38 - nokaut), 6 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan bo‘lsa, Xorn 16 g‘alaba (11 - nokaut) va 1 durang natijaga ega.

Fikrlar