
Messi, Neymar va Suares birgalikdagi yubiley uchrashuvini o‘tkazadi
“Barselona” jamoasi La Liga 31-turini safarda “Malaga”ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuvida Messi, Neymar va Suares “Barselona” uchun birgalikda 100-o‘yinini o‘tkazadi.
Mazkur trio ilk bor 2014 yilning 25 oktyabrida, “Real”ga qarshi o‘yinda maydonga tushgandi. O‘shanda “Qirollik klubi” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, MSN deya atalmish trio “Barselona”da jami 712 ta (Messi – 496, Neymar – 100, Suares – 116) gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar