
Messi Ispaniya kubogidagi yubiley golini "Sevilya" darvozasiga urdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi kecha Ispaniya kubogi chorak final javob bahsida "Sevilya" (6:1) darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
E’tiborlisi, bu 31 yoshli argentinalik futbolchining ushbu musobaqada kiritgan yubiley 50-goli bo‘ldi. Ushbu natijaga erishish uchun esa unga bor yo‘g‘i 70ta o‘yin kerak bo‘ldi xolos.
Ma’lumot uchun, Messi faoliyati davomida hozircha Ispaniya kubogini 6 marta qo‘lga kiritgan. “Barselona” safida esa jami 663ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 579ta gol urishga erishgan.
Fikrlar