
Messi jarima zarbalaridan gol kiritish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Atletik Bilbao”ga qarshi (3:0) Ispaniya chempionati 21-turida ajoyib natija qayd etdi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida jarima zarbasini qoyilmaqom qilib bajardi va standart vaziyatdan kiritilgan gollari sonini 27 taga etkazdi.
Argentinalik futbolchi shu tariqa kataloniyaliklar sobiq futbolchisi, gollandiyalik Ronald Kuman rekordini yangiladi.
Fikrlar