Messi mashg‘ulotlar paytida juda chiroyli tarzda darvozani ishg‘ol etdi (video)
Kataloniyaning “Barselona” klubi muxlislar uchun ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.
E’tiborlisi, mashg‘ulotlar chog‘ida “ko‘k-anor ranglilar etakchisi” Lionel Messi juda chiroyli gol kiritishga erishdi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli argentinalik forvard joriy mavsum “Barselona” safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 13ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar o‘zlarining navbatdagi uchrashuvini 6 yanvar kuni “Xetafe”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar