
Messi va Umtiti "Betis"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi, Dembele va Koutino esa yo‘q
Kataloniyaning “Barselona” klubi La Liganing 12-turidan o‘rin olgan “Betis”ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan iborat qaydnomani e’lon qildi.
E’tiborlisi, ushbu qaydnomadan jarohati sabab bundan avvalgi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan Lionel Messi va Samyuel Umtitilar joy olishdi.
Biroq, jamoaning frantsiyalik vingeri Usmon Dembele oshqozoni bilan bog‘liq muammolar sabab “Betis”ga qarshi bahsda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Shuningdek, qaydnomaga Tomas Vermalen, Serji Samper va Filippe Koutino kabi futbolchilar ham kiritilmadi.
Darvozabonlar: Mark-Andre ter Stegen, Yasper Sillessen;
Himoyachilar: Nelson Semedu, Samyuel Umtiti, Jerar Pike, Kleman Langle, Jordi Alba;
Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serdji Buskets, Denis Suares, Artur, Rafinya Alkantara, Serji Roberto, Arturo Vidal, Karles Alenya;
Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi, Malkom, Munir El-Xaddadi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Betis" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
Fikrlar