“Metallurg” – “Qo‘qon-1912” uchrashuviga doir ma’lumotlar
Juma kuni "Qo‘qon-1912" futbolchilari Bekobodda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushishadi. Qo‘qon klubi matbuot xizmati “Metallurg” – “Qo‘qon-1912” jamoalarining o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotni havola etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu kunga qadar milliy chempionatlarimiz doirasida 15 bora to‘qnash kelishgan. Mazkur uchrashuvlarning 5 tasida bekobodliklarning qo‘li baland kelgan. Ikkita o‘yinda durang natija qayd etilgan. Sakkizta o‘yinda esa qo‘qonliklar muvaffaqiyat qozonishgan. To‘plar nisbati – 21-27, jamoamiz foydasiga.
Mazkur uchrashuvlarda “Metallurg” 17, “Qo‘qon 1912” jamoasi 26 ochkoga ega bo‘lgan.
Bekobodda bo‘lib o‘tgan beshta uchrashuv:
30.04.2016 Metallurg – Qo‘qon 1912 – 3:1
06.06.2015 Metallurg – Qo‘qon 1912 – 2:1
14.05.2003 Metallurg – Qo‘qon 1912 – 3:1
23.03.2002 Metallurg – Qo‘qon 1912 – 0:2
20.09.2000 Metallurg -Temiryo‘lchi – 6:1
Mavsumdagi to‘rtinchi uchrashuv
Qo‘qonliklar Rustam Mirsodiqov shogirdlari bilan ushbu mavsumda to‘rtinchi bor to‘qnash kelishmoqda. Birinchi davrada Qo‘qonda o‘tgan (7-tur) bahsda mezbonlarning Suhrob Berdievning uchta goli evaziga raqibni yirik hisobda dog‘da qolirishgan edi.
Bundan tashqari, bu jamoalar O‘zbekiston kubogi 1/8 finalda ham o‘zaro maydonga tushishdi. Qo‘qondagi bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Bekoboddagi uchrashuvda maydon egalari 3:2 hisobida zafar quchishgan. Lekin ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Qo‘qon-1912” klubi chorak finalga yo‘llanma olgan.
22 sentyabr kuni Bekobodda bo‘lib o‘tadigan “Metallurg” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Viktor Serazetdinov boshchiligidagi hakamlar brigadsi boshqarib boradigan bo‘lishdi.
Uchrashuv nazoratchisi Baxtiyor Tog‘aev.
Viktor Serazetdinov ushbu mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoamisining bitta uchrashuvida ishlagan. Aniqrog‘i, 28 iyul kuni O‘zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasidagi – “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (2:2) o‘yinida V.Serazetdinov bosh hakam vazifasini bajargan.
Oliy liga
22-tur
«Metallurg» (Bekobod) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: B. Tog‘aev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: V. Lyotkin.

Fikrlar