"Metallurg" qiyin ahvolda, Arveladze esa aralash tarkibni tanladi

  • 3 oktabr, 2018, 17:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi o‘yin oldidan "ma’danchilar" ustozi Andrey Shipilov kadrlar borasida yaxshigina muammoga duch keldi. Mavsum avvalida va davralar oralig‘ida jamoa safiga aynan "Paxtakor" klubi safidan ijara asosida kelib qo‘shilgan Zabihillo O‘rinboev, Akbar Ismatullaev, Suhrob Nurulloev, Abbos Otaxonov, Javohir Sohibov, Stanislav Andreev va Saidjamol Davlatjonov kab futbolchilar mazkur bellashuvda maydonga tushishmaydi.

Tecno

Boisi, ushbu futbolchilarning shartnomalarida o‘z klubiga qarshi o‘ynamasligi borasida alohida band bor. Shu bois, "Metallurg" zaxira o‘rindig‘ida to‘rt nafar futbolchilar bor xolos. Bular Vagin, Toshqo‘ziev, Hoshimov, Isaevlardir.

Qo‘shimchasiga sariq kartochkalar to‘planib qolganligi bois Zoxid Abdullaev va Zafar To‘raevlar ham bugun bekobodliklarga yordam bera olishmaydi.

O‘z navbatida "sherlar" ustozi Shota Arveladze esa bugun zaxirada qolib ketgan ko‘plab futbolchilarga imkoniyat berdi. Jumladan Xojiakbar Alijonov, Jahongir Ahmadov, Igor Sergeev singari futbolchilar bugun boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!