"Milan" - "Yuventus". O‘zaro uchrashuvlarga oid 15 fakt

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Italiya superkubogi doirasida "Milan" va "Yuventus" jamoalari to‘qnash kelib, unda milanliklar penaltilar ceriyasiga ko‘ra g‘alaba qozonib, 5 yillik tanaffusdan so‘ng yana sovrin qo‘lga kiritishdi. Biz shu munosabat bilan ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlariga oid 15 ta faktni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Ushbu jamoalar shu kunga qadar 223 marta to‘qnash kelishgan. Ana shu bahslarning 83 tasida "Yuventus", 72 tasida "Milan" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 68 bahsda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati 314:293 turinliklar foydasiga!

2. "Milan" va "Yuventus" ilk bora 1901 yilning 28 aprel sanasida Turinda to‘qnash kelishgan va unda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchishgan.

3. 1911-1913 yillarda ketma-ket 5 ta o‘yinda "rossonerilar" "keksa sinorilar"ni mag‘lub etishgan.

4. 1912 yili "Milan" o‘z maydonida "Yuve"ni 8:1 hisobida taslim qilgan.

5. 1914-1927 yillar mobaynida "Yuventus" "Milan"ga qarshi kechgan qatorasiga 11 uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan. 7 o‘yinda "Yuve" g‘alaba qozonib, 4 tasida durang qayd etilgan.

6. 1927 yilning 10 iyul sanasida Italiya chempionatida Turin superklubi 8:1 hisobida g‘alabaga erishgan.

7. 1929-1933 yillarda "Milan" 7 o‘yinda "Yuve"ni mag‘lub qila olmagan.

8. 1936-1941 yillarda Turinliklar ketma-ket 9 uchrashuvda Milan jamoasiga yutqazmagan.

9. 1955-1957 yillarda esa "Milan" qatorasiga 7 bellashuvda turinliklarga yutqazmadi.

10. 1972-1978 yillarda o‘tkazilgan 15 o‘yinning atigi bittasida "rossonerilar"ning qo‘li baland kelgan.

11. 1979-1984 yillarda "Yuve" qatorasiga 6 o‘yinda "Milan"ga ochko bermagan.

12. 1986-1990 yillarda "Milan" ketma-ket sakkiz bellashuvda "Yuventus"ga imkoniyatni boy bermagan.

13. 1997 yilning 6 aprelida "Milan" "San Siro"da "Yuventus"ga 1:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.

14. 2013-2016 yillar mobaynida o‘tkazilgan qatorasiga 9 o‘yinda "keksa sinorilar"ning qo‘li baland kelgan.

15. 2003 yilda mazkur jamoalar Chempionlar ligasi finalida to‘qnash kelishgan va unda penaltilar ceriyasiga ko‘ra Milanliklar ustun kelishgan.

Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!