"Milan" Fabregas uchun "Chelsi"ga 8 mln evro taklif qilmoqda, londonliklar esa 12 mln so‘ramoqda

  • 6 dekabr, 2018, 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek Italiyaning “Milan” klubi qishki transferlar davrida “Chelsi” yarim himoyachisi Fransesk Fabregasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

SportMediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 31 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 8 mln evro taklif qilishmoqda. Biroq, “aristokratlar” buning uchun 12 mln evro so‘rashmoqda.

Bundan tashqari “Milan” Fabregasning o‘zi bilan ham hozircha kelisha olmayapti. Futbolchi milanliklardan 3 yillik shartnoma va 6 mln evro (yiliga) so‘ramoqda. Ular esa 2,5 yillik shartnoma va 4,5 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fabregasning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!