
"Milan" Ibragimovichni Evropaga qaytarmoqchi
“Los-Anjeles Gelaksi” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich faolyatini yana Evropada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Corriere della sera nashri.
Manabada yozilishicha, shvetsiyalik futbolchini “Milan” ortga qaytarmoqchi. Ibragimovich milanliklar safida 2010-2012 yillarda to‘p surgan.
Jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘ziga ishongan va tajribali futbolchi bilan tarkibni kuchaytirishni hamda bu bilan “rossonerilar”ning muhim o‘yinlarida ijobiy natija qayd etishiga ishonmoqda.
“Milan” rahbariyati italiyalik mutaxassisga EChLga chiqish hamda Evropa Ligasida muvaffaqiyatli yurishni vazifa etib tayinlagan. Buning uchun hujum chizig‘ini kuchaytirish kerak.
Ibragimovichning o‘zi esa 37 yosh bo‘lishiga qaramasdan yana ikki yil yuqori darajada to‘p sura olishiga ishonmoqda. U faoliyatini jonajon “Malmyo” klubida tugatmoqchi, ammo hozir Shvetsiyaga qaytmoqchi emas. Uning “Los-Anjeles Gelaksi” bilan tuzgan shartnomasi 2019 yil dekabrda yakuniga etadi.
Fikrlar