"Milan" MYu futbolchisiga qiziqib qoldi
"Manchester Yunayted" klubi xavbeki Ander Errera faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Milan"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Aytish lozimki, Erreraning MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi va u hozircha mankuanliklar bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Shu bois u “rossonerilar” safiga tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar