
"Milan" ijaraga olgan futbolchisini qo‘yib yuborishi mumkin
"Milan" klubi yarim himoyachisi Temue Bakayoko yaqin orada "Chelsi"ga qaytishi mumkin.
Football Italia nashrining xabar berishicha, "rossonerlar" 24 yoshli futbolchini "Chelsi"dan ijaraga olgan va ushbu shartnomani bekor qilishga tayyor.
Malumotlarga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Bakayokoni Italiya futboliga mos futbolchi emasligini ta’kidlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" o‘tgan mavsum Temueni 40 million evaziga "Monako"dan sotib olgandi.
Fikrlar