“Milan” o‘z antirekordini takrorladi
“Milan” klubi Italiya A Seriyasi 14-turida o‘z maydonida “Torino”ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Qayd etish joiz, “rossonerilar” A Seriya doirasida o‘z maydonlarida o‘tgan so‘nggi 4 o‘yinning birortasida gol kirita olmayapti.
Bunga qadar Vinchentso Montella shogirdlari “Juzeppe Meatstsa – San-Siro”da “Roma” va “Yuventus”ga 0:2 hisobida durang o‘ynagan va “Jenoa” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.
Shu tariqa, “Milan” o‘z antirekordini takrorladi. Ular A Seriya doirasida o‘tgan ketma-ket 4 bahsda gol kirita olmagan holat 1984 va 2007 yillarda qayd etilgan edi.

Fikrlar