
"Milan" qishda Chalxanoglu va Andre Silvalarni ijaraga berib yuborishi mumkin
Italiyaning “Milan” klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida bir qator futbolchilarini ijaraga berib yuborishi mumkin.
Gap shundaki, agar “rossonerilar” moliyaviy feyr-pley masalasida UEFA bilan kelisha olmasa, yuqorida aytganimizdek bir qator futbolchilari bilan hayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Ana shunday futbolchilar qatorida hujumchi Andre Silva hamda yarim himoyachi Xakan Chalxanoglular tilga olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andre Silva “Milan”ga joriy yilning yozida “Portu”dan 38 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U bu mavsum Evropa ligasining jami 10ta uchrashuvida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Biroq, Silva joriy mavsum A Seriyada haligacha gol ura olmayapti.
Chalxanoglu ham o‘tgan yozgi transferlar davrida Leverkuzenning “Bayer” klubidan 22 mln evro vaziga “Milan”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar