"Milan" rahbariyati Gattuzoning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi
Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo tez orada o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha agar “rossonerilar”ning natijalari tez orada yaxshilanmasa, rahbariyat murabbiyni almashtirish qarorini qabul qiladi. Ular ushbu lavozimga italiyalik boshqa bir mashhur mutaxassis Roberto Donadonini taklif qilishni rejalashtirishmoqda. Aytish lozimki, uning so‘nggi ish joyi “Bolonya” klubi bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, “Milan” A Seriyaning o‘tgan 9ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar