"Milan" xavbeki bir oyga safdan chiqdi
Italiyaning “Milan” klubi yarim himoyachisi Lukas Bigliya jarohat oldi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli argentinalik futbolchi mushaklaridan jarohat olgan va kamida bir oy jamoasiga yordam berolmaydi.
Eslatib o‘tish lozimki, Bigliya “Sampdoriya”ga (3:2) qarshi bahsda jarohat olgan va shu bois kecha bo‘lib o‘tgan “Jenoa”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumot uchun, Bigliya joriy mavsum Italiya A Seriyasida jami 9ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar