"Milan"ning sobiq a’zosi: Ibragimovich bir safar Gattuzoni axlat qutisiga uloqtirgan

  • 12.09.2018 22:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Milan” klubi va Gollandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Urbi Emanuelson sobiq jamoadoshi Zlatan Ibragimovich haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ibragimovich judayam mag‘rur edi va bu uning xarakterining bir qismi edi. Faoliyatim davomida Zlatandek futbolchini hech qachon ko‘rmadim.

U Gattuzo bilan juda yaqin edi va ular bir-birlari bilan tez-tez hazillashib turishardi. Esimda, bir safar Ibragimovich Gattuzoni ko‘tarib, axlat qutisiga uloqtirgan edi”, - deydi Emanuelson.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich ayni damda MLSda to‘p surayotgan bo‘lsa, Gattuzo “Milan” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!