"Milan"ning yangi xo‘jayini eski qarzlarni to‘ladi
Ayni damda Italiyaning “Milan” klubiga xo‘jayinlik qilayotgan AQShning Elliott Management fondi “rossonerilar”ning 123 million evro miqdoridagi qarzini to‘lab berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Aytish lozimki ushbu qarz jamoaning avvalgi xo‘jayini xitoylik investor Yonxong Li boshqaruvi davrida paydo bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Li aynan Elliott Management fondidan bo‘lgan qarzlar tufayli “Milan”dan ketishga majbur bo‘lgan.

Fikrlar