
Millatlar ligasi. Simich 90 daqiqa o‘ynagan uchrashuvda Chernogoriya Serbiyaga engildi
Belgraddagi "Rayko Mitich" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. 30-daqiqada Adam Lyaich hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tgach Aleksandr Mitrovich hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
70-daqiqada Stefan Mugosha hisobni qisqartirdi. "Paxtakor" himoyachisi Marko Simich uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, hakam tomonidan ogohlantirildi.
Fikrlar