
Millatlar ligasida Rossiya yana g‘alaba qozondi
Voleybol bo‘yicha millatlar ligasining erkaklar o‘rtasidagi ikkinchi haftasida Rossiya terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tgan Bolgariya va Rossiya terma jamoasi o‘yinida 0-3 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Serbiya – Avstraliyani 3-2 hisobida engdi.
Braziliya terma jamoasi Goyaniya shahrida AQSh terma jamoasini 3-2 hisobida engdi. Yaponiya esa Janubiy Koreyani 3-2 hisobida mag‘lub qildi.
Lodz shahrida Polsha – Germaniyani 1-3, Xitoy - Frantsiyani 3-2 hisobida taslim qildi. Argentina San Xuandagi parketida Italiya ustidan 3-0 hisobida g‘alaba qozondi. Eron esa Kanadaga 1-3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar