
Mini-futbol: Oliy Liga. "Olmaliq" "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Futzal bo‘yicha XXI milliy chempionatimizning 3-tur bahslariga start berildi. Birinchi kunning dastlabki bellashuvida amaldagi chempion "Olmaliq" "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Xususan, "Olmaliq" klubi safida to‘p surgan Jamoliddin Sharipov, Sirojiddin Mahmudov, Farhod Abdumavlonov va Dilshod Irsalievlar tomonidan urilgan 5 ta golga "temiryo‘lchilar" safida Artyom Grabovkiy va Abdulla Solihovlarning ikkita aniq zarbasi bilan javob bera olishdi, xolos.
Oliy liga
3-tur, 1-kun
16.01.2017
"Olmaliq" - "Lokomotiv" 5:2
Gollar: J.Sharipov 9, S.Mahmudov 9, D.Irsaliev 20, 25, F.Abdumavlonov 25 - A.Grabovskiy 30, A.Solixov 39
Fikrlar