Misha JChdagi ishtirokini yaknuladi
Italiyaning Milan shahrida davom etayotgan figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Misha Gening ishtiroki yakunlandi. Kecha sportchilar erkin dastur bo‘yicha bahs olib bordilar.
Qisqa dasturdan so‘ng sakkizinchi pog‘ona turgan Misha yakuniy mashqdan keyin musobaqani to‘qqizinchi o‘rinda yakunladi. Uning ushbu musobaqada to‘plagan jami ballari 249,57 ni tashkil qilgan.
Oltin medal amerikalik Natan Chenga nasib etdi. Kumush medal bilan Shoma Uno taqdirlangan bo‘lsa, rossiyalik Mixail Kolyada kuchli uchlikka yakun yasagan. Bu rossiyalik yigitlarning ushbu yo‘nalishdagi JChda so‘nggi 7 yilda qo‘lga kiritgan ilk medali bo‘ldi.
Figurali uchish, JCh. Milan, Italiya.
Erkaklar
1. Netan Chen (AQSh) – 321,40
2. Shoma Uno (Yaponiya) – 273,77
3. Mixail Kolyada (Rossiya) – 272,32 ...
9. Misha Ge (O‘zbekiston) – 249,57 ...
Fikrlar