Mo‘minjon Abdullaev Osiyo o‘yinlari g‘olibi!

CHERY AUTO

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz uchinchin oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashining 130 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Mo‘minjon Abdullaev Osiyo o‘yinlari g‘olibi, degan nomga sazovor bo‘ldi. 

Tecno

Final yo‘lida Tojikiston, Janubiy Koreya, Eron terma jamoasi vakillarini mag‘lub etgan Abdullaev hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Nurmaxan Tinalievni 8:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa terma jamoamiz bugun 2 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdik. 

Shu bilan terma jamoamizning jamg‘argan medallari soni 3ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronzaga etdi va umumjamoa hisobida 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldik. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!