"Monako" Golovinga rasmiy taklif yubordi
Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin faoliyatini “Monako” safida davom ettirishi mumkin.
R-Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar Rossiya terma jamoasi a’zosiga rasmiy taklif yuborishgan. Ta’kidlash kerakki, Golovinga shuningdek Londonning “Chelsi” klubi ham taklif bor. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda yangi haftada Golovinning transferi borasida yakuniy qaror e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Golovinga dastlab «Arsenal», «Yuventus» va «Barselona» kabi klublardan ham qiziqish bildirishayotgan edi.
Fikrlar