Muay taychilarimiz Bishkekda 6 medalni qo‘lga kiritdi
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida muay tay bo‘yicha mamlakat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, unda O‘zbekiston muay tay federatsiyasidan 7 nafar sportchimiz qatnashib, medallarni qo‘lga kiritdi.
Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar Abdurahmon Baxtiyorov (24 kg) oltin, Abdug‘affor Umarov (+44kg) va Samandar Komilov (48 kg) bronza medallari bilan taqdirlandi.
O‘smirlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda Temur Nizomitdinov (63,5 kg) birinchi o‘rin bilan taqdirlandi.
Shuningdek, kattalar o‘rtasidagi janglarda Mironshoh Ubaydullaev (57 kg) va Shaxriyor Jo‘raev (63,5 kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.



Fikrlar