
Muhammad Saloh: Bugun PSJni mag‘lub etishimizga ishonchim komil
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh bugun PSJga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“PSJ bir nechta individual kuchli futbolchilarga ena yaxshi jamoa. Men aynan ularga qarshi o‘ynashni kutmayapman. Men qiziqarli va tomoshabob o‘yin bo‘lishini kutyapman. Bugun PSJni mag‘lub etishimizga ishonchim komil. Biz xatto Chempionlar ligasini ham, premer-ligani ham yuta olamiz”, - deydi misrlik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – PSJ bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar