
Mutal Nazarov Osiyo chempionatining eng yaxshi hakami deb topildi
15-17 iyun kuni Qozog‘istonning Astana shahrida Kiokushinkay-kan karate bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada hamyurtimiz Shahnoza Azamatova 65 kg vaznda finalgacha etib borib, kumush medal bilan taqdirlangan edi.
Shuningdek, 60 kg vaznda Azamat Jambulov va +70 kg vaznda Suhrob Jo‘raqulov yarim finalgacha etib keldi va bronza medaliga ega chiqishdi. Yana -70 kg vaznda Jalolidin Zoirov esa 5-o‘rin kifoyalandi.
Bundan tashqari Mutal Nazarov Osiyo chempionatining eng yaxshi hakami deb topildi. Terma jamoamiz ertaga 19 iyun kuni yurtimizga qaytib keladi.
Fikrlar