Mxitaryan Evropa ligasining navbatdagi turida "Arsenal"ga yordam berolmaydi, chunki...

  • 01.10.2018 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Evropa ligasi guruh bosqichining 2-turida "Karabax"ga qarshi bahsida maydonga tushmaydi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli futbolchi Armaniston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasidagi uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan siyosiy mojarolar sabab ushbu o‘yinga bormaydi.

Eslatib o‘tamiz, "Karabax" - "Arsenal" uchrashuvi 4 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:55 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!