Nainggolan faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

  • 09.01.2019 16:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra parijliklar allaqachon 30 yoshli belgiyalik futbolchining vakillari bilan bu borada aloqaga chiqishgan. O‘z navbatida Nainggolanning “neradzurrilar” rahbariyati bilan kelisha olmay qolgani inobatga olinsa, ushbu transferning amalga oshishi haqiqatga yaqin bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Inter” rahbariyati bir necha bor mashg‘ulotlarga kechikib kelgani uchun Nainggolan ma’lum muddatga jamoadan chetlatgan edi.

Ma’lumot uchun, Nainggolan joriy mavsum milanliklar safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!