
Namanganda motokross bo‘yicha viloyat poygasi bo‘lib o‘tdi (foto)
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Namangan avtomobil maktabi mototrassasida mototsikllar poygasi bo‘yicha viloyat kubogi 1-bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni texnik va amaliy sport turlariga jalb etish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 13 jamoadan iborat jami 108 sportchi ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida Mingbuloq tumani jamoasi poyga g‘olibi bo‘ldi. Ularga tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Manba:uza.uz
Hamdamjon Mamadaliev olgan suratlar.
Fikrlar