
Nani 3-4 haftaga safdan chiqdi
Huquqiy jihatdan “Valensiya”ga tegishli bo‘lgan, biroq, mavsumni Rimning “Latsio” klubida ijara asosida o‘tkazayotgan Luish Nani o‘tgan hafta UEFA Evropa Ligasi guruh bosqichi 5-turida “Vitess”ga (1:1) qarshi bahsda son mushaklaridan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
Lazio Channel nashrining xabar berishicha 31 yoshli portugaliyalik futbolchining safga qaytishi uchun kamida 3-4 hafta vaqt talab etiladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Italiya A Seriyasida jami 5ta uchrashuvda ishtirok etgan Nani ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar