"Napoli" 90 millionlik taklifni rad etdi

  • 18 noyabr, 2018, 18:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibaliga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

27 yoshli futbolchining transferiga MYu bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqmoqda.

La Repubblica nashrining xabar berishicha, "Yunayted" futbolchining ko‘chib o‘tishi uchun italiyaliklarga 90 million evro taklif qildi, biroq "Napoli" ushbu taklifni rad etgan.

Yaqinda, senegaliyalik futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzoladi, shu tariqa Kalidu 2023 yilga qadar jamoa safida qoladi.

Aytib o‘tish joizki, Kulibilaga "Bavariya", "Manchester Siti", "Barselona" va "Real" qiziqish bildirmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!